
Braziliyalik futbol afsonasi qaysi jamoa Messini sotib olishi mumkinligini aytdi
“Roma”, “Milan” klublari va Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Kafu “Barselona” forvardi Lionel Messining PSJga o‘tishi mumkinligi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Leo Parij klubiga o‘tishi mumkin. PSJning juda ko‘p puli bor va ular Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni xohlaydi. Agar parijliklar Mbappe-Neymar-Messi uchligini shakllantira olsa, himoyachilarga juda qiyin bo‘ladi”, - dedi Kafu.
33 yoshli Messining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi shu yoz o‘z nihoyasiga etadi. Uni qo‘lga kiritish uchun PSJ va “Manchester Siti” asosiy da’vogar sifatida tilga olinmoqda.
Fikrlar