Bilasizmi? Pirlo o‘z vaqtida "Chelsi" yoki "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin edi

  • 31 may, 2019, 20:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mashhur futbolchi Andrea Pirlo o‘z vaqtida Angliya premer-ligasi klublaridan takliflar bo‘lganini aytdi.

Tecno

“Karlo Anchelotti "Chelsi"ni boshqargan paytlarda menda premer-ligaga ko‘chib o‘tish imkoniyati bo‘lgan. Keyinroq esa "Manchester Siti"dan ham takliflar bo‘ldi, ammo men o‘shanda "Yuventus"ni tanlaganman.

“Chelsi”da yoshimni judayam katta deb topishgan. O‘shanda 30 yoshda edim. “Manchester Siti”ga keladigan bo‘lsak, bu fantastik taklif bo‘lgan, biroq yakunda men Italiyada qolishga qaror qilganman”, - deydi Pirlo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!