Bellingemning narxi “uchdi”!

  • 23 dekabr, 2023, 17:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali Ispaniya chempionati futbolchilarining transfer summasini yangiladi.

Tecno

Narxi keskin ko‘tarilgan futbolchi “Real” etakchisiga aylangan Jud Bellingem bo‘ldi. Angliyalik o‘yinchining transfer summasi 30 million evroga oshgan va ayni paytda 180 million evroni tashkil qilyapti.

Jud Bellingem bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoning eng qimmat o‘yinchilari – Kilian Mbappe va Erling Xolandga tenglashib oldi.

Ispaniya chempionatida narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:

  1. Jud Bellingem («Real», € 180 (+30) mln);

 

  1. Samuel Omorodion («Alaves», € 20 (+14) mln);

 

  1. Artyom Dovbik («Jirona», € 20 (+13) mln);

 

  1. Takefusa Kubo («Real Sosedad», € 60 (+10) mln);

 

  1. Lamin Yamal («Barselona», € 60 (+10) mln);

 

  1. Mikel Oyarsabal («Real Sosedad», € 50 (+10) mln);

 

  1. Niko Uilyams («Atletik», € 50 (+10) mln);

 

  1. Brays Mendes(«Real Sosedad», € 40 (+10) mln);

 

  1. Savio («Jirona», € 30 (+10) mln);

 

  1. Yanxel Klemente Errera («Jirona», € 20 (+10) mln).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!