
Bellingemning narxi “sakradi”
Transfermarkt market portali Ispaniya chempionatida o‘ynayotgan futbolchilarning transfer summalarini yangiladi.
La Liga debyutanti Jud Bellingem “Real”dagi samarali o‘yini natijasida transfer qiymatini ko‘tarib oldi. Angliyalik futbolchining narxi 30 million evroga o‘sdi.
20 yoshli hujumkor futbolchi endi 150 million evroga baholanmoqda. “Real” Bellingemni olish uchun 103 million evro safrlagan edi.
Narxi keng ko‘p ko‘tarilgan futbolchilar uchligiga “Real Sosedad”ning yaponiyalik legioneri Makefusa Kubo va “Barselona”ning 16 yoshli yulduzchasi Lamin Yamal ham kiritildi. har ikkilasining narxi 50 foizga ko‘tarildi va ayni paytda ular 50 million evroga baholanyapti.
Fikrlar