
Belgiya yulduzi termadagi faoliyatini yakunladi
Eden Azar Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi.
"Real" yarim himoyachisi endi terma safida o‘ynamasligini ma’lum qildi.
Bugun yangi bir sahifa ochilmoqda. Meni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. 2008 yildan beri boshdan kechirgan barcha baxtli kunlarimiz uchun rahmat. Men terma jamoadagi faoliyatimni yakunladim. O‘rinbosar ham tayyor. Hammangizni sog‘inaman", - deya yozib qoldirdi Azar.
31 yoshli futbolchi Belgiya terma jamoasi safida 126 ta o‘yinda ishtirok etib, 33 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar