"Bavariya"ni sakkiz futbolchi tark etishi mumkin

  • 8 iyul, 2023, 16:02
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu yozda Myunxenning "Bavariya" klubini 8 nafar futbolchi tark etishi mumkin, bu haqda "Bild" nashri xabar bermoqda. Germaniya chempioni rahbariyati futbolchilarni sotishga ham, ijaraga berishga ham ruxsat berishadi.

Tecno

Myunxen klubidan ketuvchilar ro‘yxatiga Sadio Mane, Serj Gnabri, Leon Goretska, Marsel Zabitser, Rayan Gravenberx, Benjamin Pavar, Nusser Mazraui va Bun Sarra kiritilgan.

Avvalroq Manega Saudiya Arabistoni chempionatidan foydali taklif borligi xabar qilingandi.

O‘tgan mavsumda "Bavariya" so‘nggi turda "Borussiya" Dortmunddan oltin medallarni tortib olib, yana Bundesliga chempioniga aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!