"Bavariya"ga "Chelsi" hujumchisi kerak

  • 15 sentabr, 2020, 20:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" shu yoz "Chelsi" forvardi Kallum Xadson-Odoini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, myunxenliklar 19 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. Bundan tashqari, Kallumga "Yuventus" va "RB Leyptsig" klublari ham qiziqmoqda.

Xadson-Odoi “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida “aristokratlar” safida 62 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol hamda 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!