"Bavariya"ga "Chelsi" hujumchisi kerak

  • 9 iyun, 2021, 13:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi "Chelsi" hujumchisi Kallum Xadson-Odoini o‘z tarkibida ko‘rmoqchi. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.

Tecno

Nemis grandi 20 yoshli angliyalik futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq sotib olishni rejalashtirgan. Ta’kidlash kerakki, "Bavariya" ushbu futbolchiga 2 yil oldin ham qiziqish bildirgan, ammo o‘shanda transfer amalga oshmay qolgan.

Xadson-Odoi yakunlangan mavsum "Chelsi" safida jami 37 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda 5 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Angliya terma jamoasi a’zosining “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!