"Bavariya" Keyn uchun oxirigacha kurashadi

  • 16 iyul, 2023, 15:59
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" Xarri Keynni qo‘lga kiritish uchun imkoniyati borligiga ishonmoqda. 

Myunxenliklar angliyalik futbolchining transferi bo‘yicha yana bir taklif bilan chiqadi, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano. 

Klub 30 yoshli futbolchi uchun qancha taklif qila olishiga oydinlik kiritishi qoldi. Ta’kidlanganidek, "shporlar" prezidenti Daniel Levi uning ketishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas va ushbu transferni amalga oshirish "Bavariya" uchun oson bo‘lmaydi. 

Avvalroq, "Tottenxem" "Bavariya"ning Keyn bo‘yicha ikkita taklifini rad etgandi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!