“Barselona”ni kim boqarishi hal bo‘ldi

  • 22 mart, 2023, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati hozirgi bosh murabbiy Xavi Ernandesning mehnatini yuqori baholab, u bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga qaror qildi.

Tecno

Marca nashrining yozishicha, kataloniyaliklar bosh murabbiy bilan hamkorlikni yana kamida bir yilga uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu borada tomonlar iyun oyida muzokara olib borishi kutilyapti.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Xavi Ernandes yangi taklifni qabul qilmasligi mumkin. Chunki klub unga ancha past maosh to‘layapti. Moliyaviy inqirozdan qutila olmayotgan klub katta maosh to‘lay olmaydi.

2021 yilda jamoani qabul qilib olgan Xavi uni chempion qilishga yaqin turibdi. Murabbiyning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!