“Barselona” yozda 6 nafar o‘yinchi olib keladi

  • 20 may, 2023, 23:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ni Ispaniya chempioniga aylantirgan Xavi Ernandes kelasi mavsum Chempionlar ligasida ham muvaffaqiyatga erishish uchun tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishga kirishdi.

Tecno

Mundo Deportivo nashrida keltirilishicha, ispaniyalik mutaxassis tarkibga olti nafar yangi futbolchi olib kelishni rejalashtimoqda.

Xavi Ernandes hozircha o‘zi kutayotgan o‘yinchilar nomini sir tutishni ma’qul ko‘rmoqda.

Klub rahbariyati ham to‘rt yil kutilgan chempionlikni taqdim etgan murabbiyni qo‘llab-quvvatlamoqda. Yangi o‘yinchilarni olish uchun hozirgi tarkibdan bir necha futbolchi bilan xayrlashishga to‘g‘ri keladi.

Shuning uchun ham kataloniyaliklar birin-ketin bosh murabbiy rejasiga kirmagan futbolchilarni transferga qo‘ya boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!