
“Barselona” Xavini haydaydimi?
“Barselona” o‘yinida va natijalarida pasayish kuzatilmoqda. Bu holat muxlisu mutaxassislar o‘rtasida bosh murabbiy Xavi Ernandesning ketishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarni keltirib chiqardi.
ESPN nashrining ma’lum qilishicha, Kataloniya klubi rahbariyatida bosh murabbiyni o‘zgartirish rejasi yo‘q. Ular Xavi Ernandes o‘tgan mavsum jamoani chempion qilganidan mamnun va hozirgi pasayish vaqtinchalik ekaniga ishonch bildirishmoqda.
Xavi Ernandes “Barselona”ni 2021 yili qabul qilib oldi va bir necha yil La Liga bosh sovrinini qo‘lga kirita olmayotgan jamoani yana chempionlik yo‘liga qaytardi.
Bosh murabbiyning shartnomasi 2025 yilning 30 iyunigacha davom etadi.
Fikrlar