
"Barselona" Valverdeni qachon iste’foga chiqarishi mumkin?
Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde iste’foga chiqarilish arafasida turibdi.
RAC1 nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” rahbariyati 13 yanvar kuni bo‘ladigan direktorlar kengashi yig‘ilishida uning jamoadagi kelajagini muhokama qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, "Barsa" kecha "Atletiko"ga (2:3) imkoniyatni boy berib Ispaniya Superkubogidagi yurishini to‘xtatgan edi.
Ma’lumot uchun, Valverde “Barselona”ni 2017 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Kataloniyaliklar uning boshqaruvida jami 4 ta sovrin qo‘lga kiritishdi.
Fikrlar