
"Barselona" muhim futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
Ispaniyaning "Barselona" klubi ishonchli yarim himoyachilaridan biri Pedri bilan shartnomani uzaytirdi, deb xabar bermoqda Fabritsio Romano.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar ispaniyalik havbek bilan 2030 yilgacha shartnomani uzaytirmoqda. Bir necha kun avval "ko‘k-anorranglilar" markaziy himoyachi hisoblangan Ronald Arauxo bilan 2031 yilgacha, Jerar Martin bilan ham 2028 yilgacha shartnomani uzaytirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, Pedrining amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 100 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar