"Barselona" Messiga muqobil variant topdi

  • 1 may, 2023, 14:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi PSJ hujumchisi Lionel Messini o‘z safiga qo‘lga kirita olmasa, kim bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘rishini allaqachon ma’lum. 

Tecno

"Diario AS" nashri xabariga ko‘ra, agar "ko‘k-anorranglilar" Messini o‘z safiga qo‘shib ololmasa, rahbariyat e’tiborini "Selta" yarim himoyachisi Gabri Veygaga qaratadi. Manbaga ko‘ra, "Barselona" prezidenti Joan Laporta ispaniyalik yosh futbolchiga katta ishonch bildiradi va uni Messiga asosiy muqobil deb biladi.

Veyganing "Selta" bilan shartnomasida tovon puli 40 million evroni tashkil etadi. 20 yoshli yarim himoyachi La Liganing joriy mavsumida 9 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!