"Barselona" "Lion" bilan futbolchi almashmoqchi

  • 31 avgust, 2020, 09:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" rahbariyati "Lion" bilan o‘zaro futbolchi almashtirishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar” frantsiyalik himoyachi Samuel Umtitini “Lion”ning gollandiyalik hujumchisi Memfis Depayga almashtirmoqchi. Umtiti ham qadrdon jamoasiga qaytishga tayyor, Depay esa “Barsa”ga o‘tishga rozi.

26 yoshli Depay o‘tgan mavsum “Lion” safida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 15 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 26 yoshli Umtiti esa “Barselona” safida 18 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!