"Barselona" APLdan yarim himoyachi topdi!

  • 8 dekabr, 2023, 15:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik yarim himoyachi Brunu Gimaraysh Ispaniya superklubida ishlash imkoniyatiga ega, deb xabar beradi "Mundo Deportivo" nashri.

Tecno

Manbaning xabar berishicha, janubiy amerikalik xavbekka "Barselona" faol qiziqish bildirmoqda. "Ko‘k-anorranglilar" yarim himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi va Gimarayshni qo‘lga kiritish klubning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

26 yoshli yarim himoyachi 85 million evroga baholanmoqda. O‘tgan yilning yanvar oyidan boshlab Brunu Angliyaning "Nyukasl" jamoasida to‘p surmoqda.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Gimaraysh 14 o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!