"Barsa" Rakitichni La Liga klubiga sotishga rozi bo‘ldi

  • 2 avgust, 2020, 17:23
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yarim himoyachi Ivan Rakitich "Barselona" klubini tark etishi mumkin.

Tecno

Xorvatiyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2021 yilga qadar amal qiladi, ammo kataloniyaliklar ushbu yozda uni sotib yubormoqchi.

32 yoshli yarim himoyachiga "Sevilya" klubi xaridor bo‘lmoqda. Avvalroq, Rakitichni o‘zi ham sobiq jamoasiga qaytishdan mamnun bo‘lishini ta’kidlagandi.

"Sevilya" futbolchi uchun 10 mln evro bermoqchi va "Barselona" klubi ham bunga rozilik berdi.

Eslatib o‘tamiz, Rakitich 2011-2014 yillari Andalusiya jamoasi sharafini himoya qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!