
"Barsa" ko‘zlayotgan futbolchini "Roma" ilib ketmoqchi
"Lion" prezidenti Jan-Mishel Olasning ma’lum qilishicha, jamoa forvardi Memfis Depayga faqat "Barselona" emas, balki "Roma klubi ham qiziqish bildirmoqda.
"Depayning shartnomasi yakuniga etmoqda. Kuman uni "Barsa"da ko‘rmoqchi, ammo unga "Roma" klubi ham qiziqmoqda," - dedi Olas.
Avvalroq, 2021 yilning yozida bitimi yakunlanadigan futbolchi 25 mln evro evaziga kataloniyaliklar safini to‘ldirishga yaqin turganligi ma’lum bo‘lgandi.
Depay Liga 1 joriy mavsumining ilk turida xet-trik qayd etishga erishdi.
Fikrlar