“Barsa” chiqishtirmagan Fatini Evropa giganti chaqiryapti

  • 16 aprel, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi “Barselona”ni tark etganidan keyin kataloniyaliklar safidan porlab chiqqan Ansu Fati argentinalik yulduzning vorisi sifatida e’tirof etilgan edi.

Tecno

Biroq yosh o‘yinchi ketma-ket og‘ir jarohatlarga yo‘liqdi va buning ortidan o‘yin saviyasi sezilarli darajada pasaydi.

Ansu Fati porlagan davrida “Barselona” bilan uzoq muddatli shartnoma tuzib qo‘ygan edi. Hozir uni klubda aynan o‘sha bitim ushlab turibdi. Bosh murabbiy Xans-Diter Flik 22 yoshli hujumkor futbolchini kelajakdagi rejalariga kiritmagan.

O‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgan Fati yozda o‘ziga yangi jamoa topishi kerak. Italiya grandlaridan “Yuventus” Ansuga imkon berishga tayyor.

Bir paytlar 200 million evro taklif qilgan “Manchester Yunayted”ga jo‘natilmagan Ansu Fatining hozirgi transfer summasi 5 million evroni tashkil qiladi. Bu summa yana ikki yillik bitimi bor o‘yinchini sotib olish uchun Turin superklubiga hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!