
Balotellini okean ortida kutishmoqda
"Breshiya" forvardi Mario Balotelli faoliyatini MLS klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, italiyalik futbolchiga Devid Bekxemga tegishli "Inter Mayami" klubidan jiddiy taklif bo‘lmoqda. Bundan tashqari, "Beshiktosh" ham Balotellining xizmatlariga qiziqib qolgan.
Mario “Breshiya” safida 2019 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol urdi.
Fikrlar