
Bahodir Jalolov birinchi raundda raqibini qulatdi
Superog‘ir vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Tokio Olimpiadasi g‘olibi Bahodir Jalolov (8-0, 8 KO) professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan "Coca-Cola Arena"da kechgan bahsning dastlabki raundida kolumbiyalik Xulio Sesar Kalimenoni nokautga uchratdi.
Shu tariqa, Bahodir prof boksda 8ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqibini nokautga uchratgan.
Fikrlar