Ayyor Turkmaniston va uning o‘yin uslubi haqida

  • 9 noyabr, 2023, 17:43
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, shu yilning 16 noyabr sanasida Srechko Katanets boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh saralashining 2 bosqichdagi ilk o‘yinida maydonga tushadi. Raqib, Turkmaniston terma jamoasi. Bu o‘yin haqidagi so‘nggi ma’lumotlar va raqib o‘yin uslubi haqida imkon qadar kichik matnda ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Tecno

fk23fko23f

Turkmaniston terma jamoasi qanday sport formada?

Qo‘shnilarimiz bu yil davomida 6 bor maydonga chiqqan, ammo hali g‘alaba qozonganicha yo‘q. To‘rt mag‘lubiyat va ikki durang. Jahon chempionati saralash o‘yinlarining bu bosqichiga etib kelgan Turkmaniston FIFA reytingida 141-pog‘onada bormoqda. Jamoa so‘nggi marotaba 2022 yilning 11 iyun sanasida Bangladesh ustidan g‘alaba qozongan edi. Qo‘shnilarimiz o‘z tarixidagi eng yirik hisobdagi g‘alabani 2003 yilning 19 noyabr sanasida Afg‘oniston bilan (11:0) o‘yinda qo‘lga kiritgan. Eng yirik mag‘lubiyat esa 2000 yilda Ashxobodda o‘tgan Quvayt bilan (1:6) bahsda qabul qilib olingan. Jamoa sardori ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan Arslanmurod Amanov.

Songgi oyinlar
 Shu kunga qadar milliy terma jamamiz Turkmanistonga qarshi 10 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, ularning 8 tasida g‘alaba qozongan. Bir o‘yin durang bilan yakunlangan bo‘lsa, yana bittasida (1992 yilning 25 oktyabr sanasida) raqiblarning qo‘li baland kelgan.

Jamoa tarkibi va o‘yin uslubi

Asosan, ikkinchi raqamda harakat qiluvchi, ammo himoyada tartibli o‘yin ko‘rsata olmaydigan o‘rtamiyona jamoa. Maydonda 4-2-2-2 sxemasidan foydalanayotgandek ko‘ringani bilan, o‘yinlarning katta qismini 6-2-2 sxemasida o‘tkazadi, ya’ni chuqur himoyada. Katta ehtimol bilan biz ham o‘yinni 3 ta markaziy himoyachi bilan boshlasak kerak. Ehtiytkorlik va past tempdagi debyutni ma’qul ko‘ruvchi sloveniyalik mutaxassis sun’iy maydonda ochiq futbol o‘ynashiga ishonish qiyin. 

fk23o3k2f

Mergen O‘razov boshqaruvidagi Turkmaniston terma jamoasi bilan 2 oy avval "CAFA Cup"da to‘qnash kelganimiz ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak. Juda asabiy o‘tgan bahs 2:0 hisobida bizning foydamizga hal bo‘lgan edi. Hisob juda ishonchli bo‘lganiga qaramay, qo‘shnilarimiz deyarli 60 daqiqa munosib himoyalanishni uddalagan edi. O‘sha bahsda Jamshid Iskanderovning qo‘shilishi hujum chizig‘imizdagi etishmayotgan keskin uzatmalar sonini oshirgan va yakunda g‘alabani ilib ketgan edik. 

Raqib asosan mahalliy futbolchilardan iborat tarkibga ega bo‘lishiga qaramay, yaxshi saviyadagi ijrochilar ham yo‘q emas. Masalan, hujumdagi Tagaev - Annaev tandemi tezlik va jismoniy xolat evaziga himoyachilarimizga muammo tug‘dirishi mumkin. Qolgan pozitsiyalarda esa ular kalibridagi futbolchi Turkmanistonda yo‘q. Ikkita sof tayanch yarim himoyachisi bilan harakatlanishga odatlangan qo‘shnilarimiz biz bilan o‘yinda bor e’tiborini mudofaada bexato o‘ynab, qarshi hujumlarga qaratishi turgan gap. Boz ustiga, sun’iy maydonda bo‘ladigan o‘yinda texnik va taktik ustunlikka ega raqib bilan ko‘plab qulayliklar yaratadi. Qisqasi, raqib daraja borasida bizdan kuchsiz ekanligini shu omil bilan yo‘qqa chiqarmoqchi.

Terma jamoamizga maydon noqulaymi?

Birinchi navbatda, futbolchilarning klass borasida raqibdan bir bosh baland ekanligi. Albatta, o‘yindan oldin bunday keskin fikrlar bildirish noo‘rindek tuyulishi mumkin, ammo aslida ham shunday. "Oq bo‘rilar" juda ko‘plab punktlar borasida raqibdan kuchliroq ekanligi ko‘zga tashlanib turibdi, ammo natijaga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan maydon faktorini ham unutmaslik lozim.

32fp23lf

Eng kulgulisi shundaki, Turkmaniston terma jamoasi murabbiylar shtabi mamlakatda tabiiy chimga ega sig‘imi 45 ming muxlisga mo‘ljallangan "Saparmurot Turkmanboshi" arenasiga ega bo‘lsada, o‘yinni "Ashxobod" stadionida o‘tkazishni tanlagan. Bu ochiqchasiga o‘zidan kuchliroq raqiblar bilan o‘yinlarda shogirdlari uchun taqdim etiladigan kichik ustunlik degani. Bunga qadar, jamoa aynan tabiiy chimga ega arenalarda uy o‘yinlarini o‘tkazib kelgan.

21e12e

Bahs ortiqcha muammolarsiz o‘tishi uchun imkon qadar yakkakurashlarda engilmaslikka urinish lozim. Ikkinchi qavat va standart vaziyatlardan omadini izlaydigan Turkmaniston bilan o‘yinda jamoa etakchilari asosiy rolni ijro etib beradi. Eldor Shomurodov, Jaloliddin Masharipov, Abbos Fayzullaev, Oston O‘runov, Jamshid Iskanderov singari yigitlar oson o‘tmaydigan bahsda ikki hissa mehnat qilishga majbur. Ancha asabiy o‘yin bizni kutib turibdi. Bu JCh saralashi, endi oson o‘yin bo‘lmaydi. 

Oybek Yo‘ldoshev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Xabibillo
10/11/2023 08:45
Жамоамизга омад тилаймиз.тугрисини айтганда бизнинг жамоа улардан бир бош баланд.буеги майдондаги йигитларга боглик
ХОЛМУРОДОВ АМИР
16/11/2023 13:24
Урта хол туркманлардан чучиетган Катанец кимларга ишонаяпсан футболчиларга далда бер рухини кутар майдон хамма учун бир хилку.
&
Абдурахмон лидер
10/11/2023 09:13
Элдорни чақиришмаса хам майли
&
Xabibillo
10/11/2023 08:45
Жамоамизга омад тилаймиз.тугрисини айтганда бизнинг жамоа улардан бир бош баланд.буеги майдондаги йигитларга боглик
Leyo Messi
10/11/2023 08:03
Ozbekistan terma jamasinin kamchiliklari yokmi. Yaki kucli terma jama bilan oyunda kamchilklar qidrasyzlarmi.
Жабборов Ахмаджон
10/11/2023 07:43
Туркманлар ҳам шў майдонда ўйнайдими. Бу ҳам бўлса ўйин олдидан баҳона қидириш. Қўшиқда айтилгандай мен ҳам тўйга борардим ёмғир ёғиб қолдида.