Ayollar futboli qachondan davom ettiriladi?

  • 2 iyun, 2020, 21:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, joriy yil 16 martdan rejalashtirilgan barcha futbol musobaqalari, musobaqalarga tayyorgarlik mashg‘ulotlari va tadbirlari koronavirus infektsiyasiga barham berilguniga yoki Respublika maxsus komissiyasi tomonidan musobaqalarni o‘tkazishga ruxsat etilguniga qadar vaqtincha to‘xtatilgan edi. 

Tecno

Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 29 maydagi 26-sonli yig‘ilish bayoniga asosan professional futbol klublariga o‘z o‘quv-mashg‘ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq holda boshlashiga hamda joriy yil 5 iyun kunidan O‘zbekiston Professional futbol ligasi chempionatlarini davom ettirilishiga rasman ruxsat berildi. Bunda futbol uchrashuvlari tomoshabinlar ishtirokisiz o‘tkaziladi.

Bugun O‘zPFL mutaxassislari va klublar bosh murabbiylari o‘rtasida onlayn konferentsiya o‘tkazildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Unda ishtirok etgan ayollar chempionati oliy va birinchi liga jamoalari bosh murabbiylari  klubda olib borilayotgan ishlar, futbolchi va murabbiylarning karantin tartib-qoidalariga amal qilgan holda mashg‘ulotlarga kirishiyotganligi, kezi kelganda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning echimlari haqida fikr almashishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!