
"Ayaks" Xenderson transferini e’lon qildi
Rasman Jordan Xenderson "Ayaks" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub o‘z sahifasi orqali ma’lum qilmoqda.
Yarim himoyachi "Al-Ittifoq" bilan shartnomasini bekor qilib, erkin agent sifatida Niderlandiya jamoasiga borib qo‘shildi. U "Ayaks" bilan 2026 yilgacha amal qiladigan bitim tuzdi. Shu bilan birgalikda, 6-raqamni tanladi.
"Dastlabki 6 och amsterdamliklar uchun qiyin o‘tdi. Shuningdek, men ham bu davrda qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazdim. Umid qilamanki, bir-birimizga yordam bera olamiz", - dedi Xenderson.
Eslatib o‘tamiz, Jordan o‘tgan yozda "Liverpul"dan "Al-Ittifoq"ga o‘tgandi.
Fikrlar