
“Avliyo” qay birini tanlaydi: “Real”mi yoki “Liverpul”?
Evropada transfer oynasi yopilganiga qaramay, klublar kelasi mavsum uchun o‘zlariga mos o‘yinchilarni tanlash bilan shug‘ullanmoqda.
“Liverpul” va “Real”ning manfaatlari bir futbolchi ustida to‘qnash kelib qoldi. Har ikki jamoa skautlari “Sautgempton”da o‘ynayotgan himoyachi Armel Bella-Kotchapga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
20 yoshli futbolchi yozda “Boxum”dan Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tgan edi. “Avliyolar” germaniyalik himoyachi uchun Bundesliga jamoasiga 10 million evro to‘ladi.
2026 yilning yozigacha “Sautgempton” o‘yinchisi hisoblangan Armelning transferi 16 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar