"Atletiko" Grizmann o‘rniga Sanchesni olib kelmoqchi

  • 5 iyun, 2019, 09:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi forvardi Aleksis Sanches mavsumlar oralig‘ida yana Ispaniyaga qaytishi mumkin.

Tecno

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli chililik futbolchining xizmatlariga "Atletiko" jiddiy qiziqish bildira boshlagan. “Matraschilar” uni jamoadan ketishi aniq bo‘lib ulgurgan Antuan Grizmannga munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonishmoqda.

Ta’kidlash lozimki, bu borada "matraschilar" "Yuventus" va "Inter" kabi A Seriya grandlari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun, Sanches o‘tgan mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer narxi esa 45 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!