
"Atletiko" argentinalik xavbekni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin
Tyago Almada "Atletiko"ga o‘tishga juda yaqin.
ESPN nashrining xabar berishicha, Madrid klubi va "Botafogo" o‘rtasida 24 yoshli yarim himoyachining transferi bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan. Futbolchining o‘zi ham allaqachon transferga rozilik bildirgan.
Kelishuv summasi 15-20 million evroni tashkil etishi kutilmoqda. Tomonlar endilikda bir nechta kichik tafsilotlarni hal qilishlari kerak.
Avvalroq, ushbu o‘yinchiga "Zenit" va "Benfika" klublari ham qiziqish bildirgan edi.
Fikrlar