
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev qozog‘istonlik bokschini mag‘lub etib, oltin medal va 200 ming dollarga ega chiqdi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Bugun final janglari start oladi.
Hamyurtlarimizdan birinchi bo‘lib -67 kg vazn toifasida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev ringga ko‘tariladi. Bokschimiz qozog‘istonlik Dulat Bekbauvga qarshi jang qiladi. Bellashuv soat 17:15dan so‘ng boshlanadi.
Bokschilar ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz ko‘k formada, uning raqibi qizil libosda harakat qiladi.
Ilk raundni Asadxo‘ja o‘z foydasiga hal etdi - 5:0.
Ikkinchi raundda hakamlar hamyurtimizning ustunligini qayd etishdi - 4:1.
Oxirgi raundda qozog‘istonlik bokschining qo‘li baland keldi - 2:3. Yakuniy hisob 5:0 Mo‘ydinxo‘jaev foydasiga.
Shu tariqa, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev terma jamoamizga ilk oltin medalni keltirgan bokschiga aylandi va 200 ming dollar pul mukofotiga ega chiqdi.
Fikrlar