
"As-Sadd"ni boshqarayotgan mutaxassis "Lids" murabbiyi bo‘lishi mumkin
"Lids" yangi bosh murabbiy izlamoqda. Nomzodlar orasida Xavi Grasiya paydo bo‘ldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Angliya klubi ushbu lavozimga mutaxassis topishga qiynalmoqda. Ayni payt jamoani Jessi Marshdan keyin vaqtinchalik Maykl Skubala boshqarmoqda.
Xavi Grasiya uchun "tumanli albion" begona emas. U faoliyati davomida "Uotford"da ishlagan. Hozirda "As-Sadd"ni boshqarayotgan murabbiy "Lids"ga o‘tishga juda yaqin.
Fikrlar