Arteta to‘rtta transferni amalga oshirib, “Arsenal”ni engilmas jamoaga aylantiradi

  • 25 dekabr, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mikel Arteta “Arsenal”ni chempionlik uchun kurashadigan jamoa darajasiga ko‘tardi. Biroq ispaniyalik mutaxassis tarkib to‘liq shakllangan holga kelishi uchun yana to‘rtta pozitsiyaga o‘yinchi kerakligini ta’kidlamoqda.

Tecno

Jurnalist Migel Dileynining ma’lum qilishicha, Mikel Artetaga yangi hujumchi, maydon markazini ushlab turadigani yarim himoyachi va har ikki qanot himoyasiga bittadan o‘yinchi kerak.

Shunga qaramay, klub rahbariyati bosh murabbiyga qishki transferlar vaqtining uning so‘rovi bo‘yicha transferlar amalga oshirilishini kafolatlagani yo‘q.

O‘tgan mavsumning oxiriga kelib, peshqadamlikni “Manchester Siti”ga boy bergan “kanonirlar” bu gal ham musobaqa jadvalida yuqori o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!