
"Arsenal"ning yozgi transfer oynasidagi rejalari ma’lum bo‘ldi
Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati va murabbiylar shtabi mavsumlar oralig‘ida tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda. The Times xabariga ko‘ra, "kanonirlar"ning transfer ro‘yxatiga birdaniga to‘rt nafar futbolchi kiritilgan.
Klub rahbariyatining asosiy maqsadi “Vest Xem” klubi va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Deklan Rays. Shuningdek, "kanonirlar"ga "Brayton" yarim himoyachisi Moyses Kaysedo ham kerak. Bundan tashqari, "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta qanot va chap qanot himoyachisi pozitsiyalarini kuchaytirmoqchi.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida londonliklar 25-turdan so‘ng 60 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar