
"Arsenal" zaif nuqtalarni to‘ldirish uchun "Milan" futbolchisini nishonga olgan
"Arsenal" klubi "Milan" himoyachisi Fikayo Tomorini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Football Transfers" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchiga bosh murabbiy Mikel Artetaning shaxsan o‘zi kuzatib boryapti. Tomoriga londonliklardan tashqari Myunxenning "Bavariya" klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Fikayo 2021 yilda "Chelsi"dan "Milan" safiga borib qo‘shilgandi. U o‘tgan mavsum "rossonerilar"ning chempionlar ligasida yarim finalga qadar etib borishida muhim rol o‘ynadi.
Fikrlar