
"Arsenal" "yog‘liroq" taklif bilan chiqishiga to‘g‘ri keladi
Londonning "Arsenal" klubi qishki transfer oynasida "Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemans uchun taklif bilan chiqishga tayyor, deb xabar beradi Daily Mirror.
"To‘pchilar" belgiyalik futbolchiga anchadan beri qiziqish bildirmoqda, biroq avvalroq 25 yoshli Yurini qo‘lga kiritish uchun hech qanday konkret urinishlar bo‘lmagan edi.
Avval xabar berganimizdek, Tilemans shartnoma muddati tugagach, "Lester"ni tark etishga qaror qilgan. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2023 yilning yozida yakuniga etadi.
Yarim himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchining narxini 40 million evroga baholamoqda.
Fikrlar