
Arsen Venger "Lion"ni boshqarishni istamoqda, ammo...
"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger murabbiylik faoliyatini davom ettirmoqchi.
Frantsiyalik mutaxassisga "Lion" klubi qiziqish bildirgan. Venger iloji boricha tezroq ishga kirishni istamoqda. "Lion" prezidenti Jan-Mishel Olas shaxsan o‘zi ushbu mutaxassisni jamoada ko‘rishni istamoqda.
Ammo, "Lion" klubini boshqarish uchun Loran Blan asosiy nomzod bo‘lib turibdi.
Fikrlar