
APLning ikki grandi bir futbolchini talashmoqda
"Portu" yarim himoyachisi Fabio Ferreyra Vieyra Angliya Premer ligasining ikki etakchi jamoasi "Arsenal" va "Liverpul" qiziqishi doirasiga tushdi.
Bu haqda jurnalist Ekrem Konur o‘zining "Tvitter"dagi sahifasida ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, Portugaliya klubi 21 yoshli futbolchining transferi uchun 30 million evro talab qilmoqda.
Vieyra "Portu" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsum yarim himoyachi "ajdarlar" safidagi barcha musobaqalarda 78 uchrashuvda qatnashib, 10 ta gol va 18 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fabio Portugaliya U21 terma jamoasiga a’zosi hisoblanib, "Selesio" yoshlari safida 19 uchrashuvda qatnashgan va 11 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.
Fikrlar