APL yulduzi "Al-Hilol"ga o‘tishga yaqin turibdi

  • 16 avgust, 2023, 20:40
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fulxem" to‘purari "Al-Hilol"ga o‘tish arafasida. 

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Saudiya klubi hujumchi Aleksandr Mitrovich transferini yakunladi. Faqat "Al-Hilol"ning ingliz klubiga bergan taklifi borasida kelishuv amalga oshmagan. 

Mitrovich iyul oyida Osiyo klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgandi. Endi u "Fulxem"ni kutishiga to‘g‘ri keladi. 28 yoshli forvardning transferi yaqin soatlarda hal bo‘lishi mumkin . 

Iyul oyida "Al-Hilol" hujumchi uchun 40 million evro taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Endi ular miqdorni 55 million evroga qadar ko‘tarishga tayyor. 




Tecno




Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!