
APL. "Tottenxem" yana so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Premer-liganing 29-turida "Tottenxem" "Everton" mehmoni bo‘ldi. Vaziyatlarga boy o‘tgan uchrashuvda durang natija qayd etildi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Dastlab, 68-daqiqada Xarri Keyn penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, Kin 90-daqiqada super goli bilan jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Ushbu to‘qnashuvda ikki marta qizil kartochka ko‘rsatildi. Dukure ikkinchi taym boshida maydondan chetlatildi. "Shporlar"dan Moura jiddiy qo‘pollik ishlatib, qizil kartochka bilan jazolandi.
Bir ochko bilan uyga qaytgan "Tottenxem" turnir jadvalida 4-o‘rinda qoldi. "Everton" esa 15-pog‘onaga ko‘tarildi.
Fikrlar