
APL grandlari "Norvich" futbolchisi uchun kurash boshladi
"Norvich" klubi xavbek Todd Kantuell APL klublarining e’tibor markaziga tushib qoldi.
Express nashrining yozishicha 22 yoshli angliyalik futbolchiga "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublari jiddiy qiziqib qolishdi. Ushbu jamoalar yozgi transferlar davrida Kantuell uchun kurash olib borishmoqchi.
“Norvich” esa o‘z tarbiyalanuvchisini 15 mln evroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kantuell joriy mavsum 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar