APL grandi Fatiga "og‘iz solgan"

  • 16 sentabr, 2021, 18:35
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning «Barselona» klubi iste’dodli hujumchisi Ansu Fati faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Ispan manbalari bergan ma’lumotga ko‘ra «Manchester Yunayted» o‘z safiga iqtidorli hujumchini qo‘shib olishni rejalashtirgan.

Ayni dam klub mutasaddilari ushbu transferni futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan birga muhokama qilmoqda. Fatining «ko‘k-anorranglilar» bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Biroq tomonlar buni uzaytirish borasida hali kelishuvga erisha olmadi. «Qizil iblislar» ayni shu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi.

Ma’lumot uchun, Ansu Fatining transfer qiymati 60 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!