
APL. "Chelsi" - "Liverpul": Kuchlar teng keldi!
APLning birinchi turidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Liverpul" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. O‘yinda kuchlar teng keldi.
Dastlab, Luis Dias hisobni ochgan bo‘lsa, 37-daqiqada Disasi imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Saloh va Chiluell ham o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ygandi. Ammo bu gollar ofsayd sabab hisobga olinmadi.
Shu tariqa, jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi va "Chelsi" 9-o‘rindan joy oldi. "Liverpul" esa 10-pog‘onada ketmoqda.
Fikrlar