
Angliya terma jamoasi himoyachisi "Atletiko"ga o‘tadi
Madridning "Atletiko" klubi tez orada "Tottenxem" himoyachisi Kiran Tripperni o‘z safiga qo‘shib oladi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “matraschilar” 28 yoshli Angliya terma jamoasi a’zosi uchun bo‘lgan kurashda "Bavariya" va "Yuventus"ni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lishdi. Endi Tripper tez orada yangi jamoasida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Madridga uchib keladi.
Ma’lumot uchun, Tripper o‘tgan mavsum “Tottenxem” safida jami 38ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol hamda 5ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 35 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar