
"Andijon"ni murabbiy tark etdi
“Andijon” klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi. Ma’lumki, shu yilning fevral oyida jamoaga qozog‘istonlik mutaxassis Rasul Marua taklif qilingandi.
O‘tgan vaqt davomida u jamoada tahlilchi murabbiy sifatida faoliyat olib borayotgandi. Biroq kuni kecha oilaviy sabablarga ko‘ra, “Andijon”ni tark etishga qaror qildi.
O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi doirasida “So‘g‘diyona”ga qarshi bahs Rasul Maruaning “Andijon”dagi oxirgi o‘yini bo‘ldi. Tomonlar bir-biri bilan iliq munosabatda xayrlashishdi, - deyiladi klub matbuot xizmatining xabarida.
Fikrlar