Anchelotti Bellingemning holati va Kurtuaning jarohatdan qaytish muddati haqida gapirdi

  • 10 mart, 16:50
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liganing 27-turi doirasida "Rayo Valekano"ga qarshi o‘yindan so‘ng ingliz yarim himoyachisi Jud Bellingemning o‘yinini baholadi. Shuningdek, darvozabon Tibo Kurtuaning tiklanish muddati haqida ma’lumot berdi.

- Bellingem yaxshi formada qaytdi. Bellingemning o‘yini yaxshi bo‘ldi. Aytganimdek, birinchi taym menga juda yoqdi, sababi biz kuchli pressing qila oldik. To‘pni olib qo‘yganimizdan so‘ng hisobni 3:0 ga etkazishimiz mumkin edi. Ikkinchi taymda esa darajamiz pasaydi.

Kurtuada kichik muammolar bor. Biroq, u chorshanba kunigacha tezda tiklanadi deb o‘ylayman, - dedi italiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, belgiyalik darvozabon jarohat sababli "Rayo Valekano"ga qarshi bahsni o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!