Ana xolos! MLS klubi timsoh bilan shartnoma imzoladi (FOTO)

  • 28 aprel, 2021, 15:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kanadaning “Toronto” klubi mashg‘ulotlariga kutilmaganda “tashrifi” bilan tezda mashhur bo‘lib ketgan timsoh endi shu jamoa a’zosiga aylandi.

Tecno

MLS ishtirokchisi hisoblangan “Toronto” o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasida ushbu timsohni ijaraga olganini e’lon qildi.

“Muhim yangilik! “Toronto” Alli Gator (timsoh) bilan qisqa muddatli ijara shartnomasi tuzdi”, - deyiladi klub xabarida.

Izobrajenie

Ehtimol, bu "transfer" "Toronto"ga natijalarini yaxshilashga yordam berar, chunki klub mavsumni yomon boshladi. Kanadaliklar dastlabki ikki turda atigi bitta ochkoni qo‘lga kiritishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!