
Ana xolos! "Lion" barchasini inkor etdi
"Lion" gollandiyalik hujumchi Memfis Depayning transferi bo‘yicha "Barselona"dan hech qanday taklif olmagan. Bu haqda L’Équipe nashri xabar tarqatmoqda.
Bundan avvalroq esa, 26 yoshli futbolchining kataloniyaliklar safiga o‘tishi bo‘yicha muzokaralar deyarli yakunlanish arafasida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Lekin qoidaga ko‘ra, “Barsa” Depayni sotib olish uchun avval Arturo Vidal va Luis Suaresni sotishi kerak.
Memfis Depay 2017 yili "Manchester Yunayted"dan "Lion"ga ko‘chib o‘tgandi. Ayni damda “Barselona”ni uning terma jamoadagi ustozi Ronald Kuman boshqarmoqda.
Fikrlar