
"An-Nasr" 19 yoshli futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi
"An-Nasr" ushbu yozda tarkibga bir nechta transferlar qilishni o‘z oldiga maqsad qilgan. Variantlar orasida "Korintians" a’zosi Uesli Gassofa ham bor. Bu haqida Fabritsio Romanoa ma’lum qildi.
19 yoshli futbolchi hali bir qarorga kelmagan, lekin Braziliya klubi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu transfer riyodliklarga 16 million evroga tushishi mumkin.
Uesli "Korintians" akademiyasidan chiqqan bo‘lib, o‘tgan mavsum jamoasi tarkibida 46 ta o‘yinda maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, 5 ta gol urib, 4 ta assist qayd etdi.
Fikrlar