Amit, Makkormak, Konkabaev....Olimpiya o‘yinlarida bokschilarimizga kimlar asosiy raqib bo‘lishi mumkin?

  • 22 iyul, 2021, 23:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 4
  • Boks
CHERY AUTO

24 iyul kuni Yaponiyaning Tokio shahrida hamyurtlarimiz boks musobaqalarida o‘z ishtiroklarini boshlaydi. Bugun bo‘lib o‘tgan qur’a natijalari ba’zi bokschilarimizga omadli kelgan bo‘lsa, ba’zilariga dastlabki bosqichlardanoq qiyin raqiblarni ro‘baro‘ kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Quyida har bir vazn toifasida eng asosiy raqiblar bo‘lishi kutilayotgan bokschilarni sizlarga tanishtirishga harakat qilamiz.

Tecno

-52 kg: 26 iyul Shahobiddin Zoirov - Chiftchi Batuxan (Turkiya)

Ushbu vazn toifasida eng kuchli va keskin raqobatga sabab bo‘lishi kutilayotgan bokschilar jam bo‘lishgan. Shahobiddin Zoirov o‘rin olgan tomonda unga eng asosiy raqiblar bu Hindiston vakili Amit Pangal, kolumbiyalik Yuberjan Martines va xitoylik Xu Jianguan bo‘lishi mumkin. Bu 3 bokschi o‘zaro chorak finalgacha uchrashadi va g‘alaba qozongani yarim finalda Zoirovga qarshi chiqishini taxmin qilishimiz mumkin. Ikkinchi tomondan esa ancha jiddiy raqiblar Yosvani Veita (Kuba), Galal Yafai (Britaniya), Daniel Asenov (Bolgariya), Gabriel Eskobar (Ispaniya), Saken Bibosinov (Qozog‘iston), Bilol Benama (Frantsiya) final yo‘lida saralanib kelishadi.

Amit-Panghal-and-Shakhobidin-Zoirov

-57 kg: 28 iyul Mirazizbek Mirzaxalilov - Xose Kuiles (Ispaniya)/Uoker Kurt (Irlandiya)

Mirazizbek Mirzaxalilov dastlabki jangidan biroz qiyin raqibga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin, ya’ni irlandliyalik Uoker Kurt katta ehtimol bilan ispaniyalik raqibini mag‘lub etib, Mirzaxalilov bilan uchrashishi kutilmoqda. Qolaversa, keyingi bosqichlarda Mirzaxalilovga u tomondan Serik Temirjanov (Qozog‘iston), Dyuk Ragan (AQSh), Butsenko Mikola (Ukraina) jiddiy qarshilik ko‘rsatadi. Ikkinchi tomondan esa final uchun Lazaro Alvares (Kuba), Peter Makgril (Britaniya), Erdenebat Tsenbatar (Mog‘uliston), Albert Batirgaziev (Olimpiya bayrog‘i ostida/Rossiya) kabi kuchlilar janglarga kirishadi.

-63 kg: 25 iyul Elnur Abduraimov - Batarsuxin Chinzorig (Mo‘g‘iliston)

Abduraimovning holatiga havas qilib bo‘lmaydi. Uni dastlabki jangidanoq kuchli raqib qarshi oladi. Yaqindagina bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati yarim finalida Abduraimov Chinzorigga mag‘lub bo‘lgan edi. Bu safar holat qanday bo‘lishini esa tez orada bilib olamiz. Keyingi bosqichlarda Abduraimovga Bahodir Usmonov (Tojikiston), Keyshavin Devis (AQSh), Sofiana Oumiha (Frantsiya) jiddiy qarshilik ko‘rsatadi. Ikkinchi tomondan nomdor bokschi Endi Kruz Gomes (Kuba), Lyuk Makkormak (Britaniya), Zakir Safiullin (Qozog‘iston) final uchun kurashadilar.

-69 kg: 27 iyul Bobousmon Boturov - Polando Roxan (Dominikan)

Ushbu raqibdan o‘tgan taqdirda chorak final doirasida uni katta ehtimol bilan Britaniya vakili Pet Makkormak qarshi oladi. Qolaversa, Zeyad Ishaish (Iordaniya) ham unga yarim final doirasida duch kelishi mumkin. Final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun ikkinchi tomondan Roniel Iglasias (Kuba), Sevon Okazava (Yaponiya), Delante Jonson (AQSh), Ablayxan Jusupov (Qozog‘iston), Lorenso Sotomayor (Azarbayjon), Andrey Zamkavoy (Olimpiada bayrog‘i ostida/Rossiya) asosiy da’vogarlar hisoblanadi.

38311aab952e5f7e33c7842efe50be4a

-75 kg: 26 iyul Fanat Qahramonov - Giorgi Xarabadze (Gruziya)

Gruziya vakili to‘sig‘idan o‘tgan taqdirda, Qahramonov qozog‘istonlik Abilhan Amankul bilan to‘qnash keladi. Qolaversa, yarim final bosqichi uchun Gleb Bakshi (Rossiya) asosiy da’vogar. Ikkinchi tarafda Aleksandr Xichniak (Ukraina) va Eumir Marsial (Filippin) yaqqol peshqadam sifatida e’tirof etiladi.

-81 kg: 25 iyul Dilshodbek Ro‘zmetov - Emmet Brennan (Irlandiya)

Ro‘zmetov dastlabki bosqichdan omadli o‘tishiga potentsiali etarli. Ammo keyin u o‘zi uchun tanish bo‘lgan kuchli raqib Alfonso Dominges to‘sig‘idan ham o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Bu bokschi amaldagi Evropa mintaqaviy kvalifikatsion turniri g‘olibi va Evropa chempioni hisoblanadi. Lekin ular 2019 yilgi jahon chempionatida uchrashgan va Ro‘zmetovning qo‘li baland kelgan edi. Bu safar ham unga ishonchli g‘alaba tilab qolamiz. Unga final yo‘lida barchangizga yaxshi tanish bo‘lgan kubalik Arlean Lopes ham qarshilik ko‘rsatadi. Final bahsi uchun qarshi tarafda Bekzod Nurdavletov (Qozog‘iston), Benjamin Uittaker (Britaniya) asosiy da’vogar bo‘lishi mumkin.

-91 kg: 24 iyul Sanjar Tursunov - Abdulrafiq Benchabla (Jazoir)

Ushbu vazn toifasida bitta 1/16 final jangida aynan Tursunov va uning raqibi kuch sinashadi. Boshqa bokschilar esa 1/8 finaldan o‘z ishtiroklarini boshlaydi. Keyingi jangda esa Sanjarga amaldagi jahon chempioni hisoblangan rossiyalik Muslim Gajimagomedov raqib bo‘ladi. Qarama qarshi tomondan finalga qadar ishtirok etuvchi asosiy bokschilar sifatida Vasiliy Levit (Qozog‘iston), Xulio Sezar La Kruz (Kuba), Chavon Klark (Britaniya), Patrik Teishera (Braziliya), Kastillio Torresni (Ekuador) aytib o‘tish mumkin.

+91 kg: 29 iyul Bahodir Jalolov - Muhammad Abdullaev (Ozarbayjon)/Danis Latipov (Bahrayn)

Ushbu vazn toifasida hamyurtimiz imkoniyatini ortiqcha ta’riflashga hojat yo‘q. Hozirda Jalolov oltin medal uchun eng asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda. Shunday bo‘lsada, bu yo‘lda unga o‘zi joylashgan tomondan asosiy raqiblar deb Satish Kumar (Hindiston), Tsotne Rogava (Ukraina), Frezer Klark (Britaniya), Murod Alievni (Frantsiya) ko‘rsatsak, siz-u bizga yaxshi tanish bo‘lgan Qozog‘iston vakili Kamshibek Konkabaev va amerikalik Richard Torres (AQSh) boshqa tomondan finalga qadar harakat qiladi. E’tiborli jihati shundaki, Jalolov yuqorida keltirilgan asosiy bokschilarning barchasini yaqin yillarda mag‘lub etgan. Faqatgina britaniyalik Frezer Klarkga 2014 yilda imkoniyatni boy bergach, ular qayta to‘tnash kelmagani sabab, qanday holatdaligi notanish raqib hisoblanadi.

Barcha bokschilarimiz g‘alabasiga ishonch bildirib, ularga omad tilab qolamiz!

Jalol Axmedov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
23/07/2021 14:28
Ёриворади ўзбегим фарзандлари.
Фаридун Камолов
23/07/2021 09:52
Qiyin masala
&
Турсун Ғани
23/07/2021 14:28
Йориворади ўзбегим фарзандлари.
Фаридун Камолов
23/07/2021 09:52
Qiyin masala