
AGMK va "Paxtakor" OChLda qancha pul ishlab oldi?
Xabaringiz bor, o‘zbek klublari Osiyo Chempionlar ligasidagi yurishini yakunladi.
Bu mavsum qit’aning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasida “Paxtakor” va AGMK yurtimiz sharafini himoya qildi. Afsuski, ikkala klubimiz ham guruh bosqichida qolib ketdi.
Aytish lozimki, OFK Chempionlar ligasida har bir g‘alaba uchun jamoalarga 50 ming, durang uchun 10 ming AQSh dollari miqdorida bonus beradi.
Quyida “Paxtakor” va AGMK klublari OChLda joriy mavsum qancha pul ishlab olgani haqida ma’lumot olishingiz mumkin:
“Paxtakor”
1 ta g‘alaba × 50 000 = 50 000
4 ta durang × 10 000 = 40 000
Jami: 90 000 dollar
AGMK
2 ta g‘alaba × 50 000 = 100 000
1 ta durang × 10 000 = 10 000
Jami: 110 000 dollar
Fikrlar