Agent: Ikardi ahmoq, u Rossiyada baxtli bo‘lishi mumkinligini tushunmadi

  • 17 aprel, 2020, 11:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol agenti Timur Gurtskaya "Krasnodar" klubi “Inter”dan argentinalik hujumchi Mauro Ikardini ijaraga olishni rejalashtirishgani haqida aytib o‘tdi.

Tecno

“Krasnodar” Ikardini ijaraga olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqqan. Aftidan, ular Ikardini xursand qilishni xohlashgan. U ahmoq esa “Krasnodar”da baxtli bo‘lishi mumkinligini tushunmadi”, - deydi agent.

Eslatib o‘tish lozimki, o‘tgan yoz PSJ Ikardini ijaraga olgan edi. U joriy mavsum parijliklar safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!